Obama va Stoltenberg IShIDga qarshi kurashni muhokama qiladilar

Jahon 10:13 / 26.03.2016 822

AQSh prezidenti Barak Obama 4 aprelda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uning Oq uyga tashrifi vaqtida IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashni muhokama qilmoqchi. Bu haqda AQSh prezidenti ma'muriyati saytida ma'lum qilindi.

Obama Stoltenberg bilan xalqaro hamkorlar alyansining IShIDga qarshi kurashdagi natijalarini hamda NATOning migratsion inqirozni yumshatishda tutgan muhim rolini muhokama qilmoqchi.

Shuningdek, yetakchilar joriy yilning iyulida Varshavada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga tayyorgarlik ishlarini ham muhokama qilishadi.

Ko‘proq yangiliklar: