OAV: Ibrohim Bakraviy Parij teraktlariga qadar AQShning kuzatuvi ostida bo‘lgan

Jahon 11:40 / 26.03.2016 976

22 mart kuni Bryusselda xudkushlik qilgan Ibrohim Bakraviy 2015 yil 13 noyabrda Parijda bo‘lgan xunrezliklarga qadar teraktlar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan shaxs sifatida AQSh hukumati nazoratida turgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Belgiya poytaxtida portlovchi uskunani ishga tushirgan uning ukasi Xolid Bakraviy Parijdagi hujumlardan keyinoq AQSh “nazariga tushgan” edi. Bundan kelib chiqadiki, aka-ukalar AQSh nazorat ro‘yxatida bo‘lishgan va eng qizig‘i bu haqda faqatgina 24 mart kuni ma'lum qilingan.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda Turkiya hukumati Ibrohim Bakraviyni mamlakatdan ikki marta chiqarib yuborgan. Terrorchi 2015 yilning 14 iyul kuni Suriya hududida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan shaxs sifatida Turkiyadan chiqarib yuborilgan edi. Ammo u mamlakat hududida hech qanday jinoyat sodir etmagandi. Shu bois yana Turkiyaga qaytadi. Bu safar avgust oyida chiqarib yuboriladi. Noma'lum sabablarga ko‘ra, uni Niderlandiyaga emas, Belgiyaga jo‘natishadi.

Ko‘proq yangiliklar: