Merkelning Bryusseldagi xudkushlardan biriga o‘xshash yigit bilan selfiga tushgan surati muhokama qilinmoqda

Jahon 07:03 / 26.03.2016 1609

Internetda Germaniya kansleri Angela Merkelning qochqinlardan biri bilan birga tushgan surati tarqalib ketdi. Surat 2015 yil sentabrda Berlindagi muhojirlar lagerida olingan.

O‘sha kuni Merkel lagerda Bryusselda terakt amalga oshirgan terrorchi-xudkushlardan biri Najim Lashrauiyga juda o‘xshash bo‘lgan yigit bilan selfi tarzida suratga tushgan.

Belgiya politsiyasi Lashrauiy Bryussel aeroportida bombani harakatga keltirgani ma'lum bo‘lganidan keyin uning suratini tarqatgan.

22 martda Bryussel aeroporti va metrosida amalga oshirilgan portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi, 300 kishi jarohat oldi. Teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: