J. Koreyada parranda grippi tarqalishining oldini olish maqsadida 10,9 ming bosh o‘rdak o‘ldirilgan. Bu haqda “Renxap” axborot agentligi xabar qilmoqda.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi ma'lum qilishicha, o‘tkazilgan tekshiruvlar o‘rdaklarda yuqoripatogenli parranda grippi borligini ko‘rsatgan. Qushlar yo‘q qilingach, o‘rdak yetishtiruvchi xo‘jalik virusning tarqalishiga barham berish maqsadida karantinga olingan.
Bundan avval, Amerikaning Indiana shtatida parranda grippining insonlarga ham yuqadigan yangi H7N8 turi aniqlangani xabar qilingan edi.