Germaniyalik Eurojackpot lotereyasida rekord darajadagi yutuqni qo‘lga kiritdi

Jamiyat 07:32 / 26.03.2016 1037

Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida yashovchi fuqaro Eurojackpot lotereyasida Germaniya uchun rekord darajadagi yutuq – 76,8 mln yevro yutib oldi, deb xabar bermoqda Spiegel nashri.

Yutuq lotereya tarixidagi ikkinchi eng katta yutuq bo‘ldi. Bu borada 90 mln yevrolik yutuq rekord darajadagi jyekpot hisoblanadi. Uni 2015 yilda chexiyalik yutib olgan.

Ayni vaqtgacha Germaniyada milliy lotereyadagi eng katta yutuq 2014 yilda Gessen yerida yashovchi fuqaroning yutug‘i hisoblanardi. Bu yutuq miqdori 59 mln yevroni tashkil qilgandi.

Eurojackpot lotereyasi Yevropaning 17 davlatida o‘ynaladi. Jyekpotni yutib olish uchun 50 ta sondan 5 tasini va yana 10 ta sondan qo‘shimcha 2 ta sonni topish lozim.

Ko‘proq yangiliklar: