Fransiyada sun'iy oshqozonosti bezi apparati yaratildi

Jamiyat 19:45 / 26.03.2016 1393

Fransiyada yaratilgan sun'iy oshqozonosti bezi apparati tibbiy sinovdan o‘tkazilmoqda. U 1-darajali qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga mo‘ljallangan bo‘lib, qonda qand miqdorini avtomatik ravishda nazorat qilish va insulin inʼeksiyasini qilish imkonini beradi.

1-darajali qandli diabetdagi giperglikemiya (qonda glyukoza miqdorining oshib ketishi) oshqozonosti bezidagi β-kataklarining halok bo‘lishi bilan bog‘liq, bu esa o‘z o‘rnida butkul insulin yetishmovchiligiga olib keladi. Bunday holatda bemorlar qand miqdorini doimo nazoratda ushlashlari shart. Yagona davolash usuli - insulin terapiyasi.
Yangi apparat Diabeloop nomini olgan bo‘lib, butun jarayonni avtomatlashtiradi. Qurilma uncha katta bo‘lmagan quti ko‘rinishida bo‘lib, uni oshqozonosti beziga joylashtiriladi. Diabeloop apparatiga Bluetooth-moduli o‘rnatilgan, uni smartfon orqali boshqariladi. Bemor faqatgina insulin yuborishni yo‘naltirishi va taxminiy ovqatlanish vaqtini belgilab bersa bo‘ldi.

Sun'iy oshqozonosti bezi apparati qondagi qand miqdorini mustaqil ravishda nazorat qiladi. Hozirgi kunda 1-darajali qandli diabetga duchor bo‘lganlarning 15 nafari ustida mazkur tadqiqot olib borilmoqda. Aytish joizki, olimlar ularning soni yanada ortishini ta'kidlashmoqda. Agar bu tadqiqotlar muvaffaqiyatli yakun topsa, unda Diabeloop apparati 2017-yilning oxiridayoq sotuvga chiqadi. Ma'lumki, Fransiyada qurilma narxining bir qismi tibbiyot tomonidan sug‘urtalanadi.

Diabeloop mualliflari qurilmaning nafaqat bemorlar hayotini yengillashtirishiga, balki doimiy shifokor nazorati ostidagi bemorlar sonining qisqarishiga umid bildirmoqdalar.

Ko‘proq yangiliklar: