Braziliya sport kurashi konfederatsiyasi, Rio-de-Janeyro shahrida shu yilning yozida bo‘lib o‘tajak Olimpiada o‘yinlari chog‘ida bosh sovrinni olgan sportchiga 100 ming brazil reali miqdorida mukofot puli berishga qaror qildi. Bu haqda folha.uol.com.br portali xabar qilmoqda. Manbaning xabar qilishicha, kumush medal sovrindori 50 ming real (13 500 dollar) olsa, bronza medali sohibiga 25 ming real (6750 dollar) beriladi.
Braziliya taekvondo konfederatsiyasi esa har bir Olimpiada g‘olibiga 20 ming realdan ko‘proq pul va'da qilmoqda.
Olimpiada o‘yinlari shu yilning 5-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.