24 martda Belgiyada "Tianj" atom elektrostansiyasi xavfsizlik xizmati xodimi terrorchilar tomonidan o‘ldirib ketilgan. Agent Sharlerua shahrida o‘ldirilgan. Qotillar erkakning AESga kirish uchun ruxsatnomasini o‘g‘irlab ketishgan. Derniere heure gazetasining ma'lumotlariga ko‘ra, AES Belgiyada terrorchilarning bosh mo‘ljali bo‘lgan.
"AES xavfsizlik xodimi 24 martda iti bilan sayr qilib yurganda o‘ldirib ketilgan. Bu jinoyatga OAVda deyarli e'tibor berilmagan, biroq mahalliy politsiyadagi manbalar erkakning ruxsatnomasi o‘g‘irlab ketilganini tasdiqlashdi", deb ma'lum qildi nashr.
E'tiborlisi, erkakning o‘ldirilishi bilan bir qatorda mutassadilar 11 nafar xodimning stansiyaga kirish uchun ruxsatnomasini olib qo‘ygan.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Bryusselda terakt amalga oshirgan terrorchilar AESda qo‘poruvchilik amalga oshirmoqchi bo‘lgan, biroq huquq-tartibot muassasalarining kuchaytirilgan reydlari sababli o‘z rejalarini o‘zgartirgan.
22 martda Bryusselda terrorchilar aeroport va metroga bir qator hujumlar uyushtirdi. Teraktlar oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi, 316 kishi yaralandi. Teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.