AQShlik qo‘shiqchi Merayya Keri Bryusseldagi konsertini bekor qildi

Jamiyat 08:08 / 26.03.2016 1727

AQShlik mashhur qo‘shiqchi Merayya Keri Bryusseldagi teraktlardan keyin xavfsizlik nuqtai nazaridan bu yerdagi konsertini bekor qildi. Bu haqda qo‘shiqchi o‘zining tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

"Men Bryusseldagi muxlislarimni yaxshi ko‘raman va shu bilan birga menga muxlislarimni, guruhimni, xodimlarni xavfga qo‘ymaslik uchun shouni bekor qilishni tavsiya qilishdi", deb yozdi Keri.

Shu bilan birga qo‘shiqchining 26 martdagi Lyuksemburgdagi konserti avval rejalashtirilgandek bo‘lib o‘tadi.

2015 yil noyabrida AQShning Foo Fighters rok-guruhi Parijdagi teraktlardan keyin Yevropa bo‘yicha gastrol turining qolgan konsertlarini bekor qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: