Andijonda faxriylar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha xotira turniri bo‘lib o‘tdi

Sport 17:38 / 26.03.2016 2371

Bahor bayrami kunlarida o‘z kasbini ardoqlab, yurtga nafi tekkan marhum insonlarni yodga olib xotirlash qadriyatlarimizdan biridir.

Andijon viloyat futbol federatsiyasi tashabbusi bilan marhum  futbol mutaxassislari Alijon Marajapov, Shavkatbek Rahimov va Azimjon Ahmedovlarni  xotirlab mini-futbol turniri tashkil etildi. Musobaqada Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyati faxriylaridan tuzilgan jamoalar qatnashdilar.      

Yakunga ko‘ra uchinchi o‘rinni Shahrixon, ikkinchi o‘rinni Andijon jamoasi egallagan bo‘lsa, Namangan futbol fahriylaridan tuzilgan jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Turnirning tantanali yopilish marosimida so‘z olgan Andijon viloyati futbol federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Alisher Uzoqov, futbol fahriysi Qosimjon To‘htasinovlar ishtirokchilarni ko‘rsatgan ajoyib futbol bahslari uchun  qutladilar

G‘olib va sovrindor jamoalarga tashkilotchilar tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.

 

Elmurod Ermatov, Andijon

Ko‘proq yangiliklar: