Portugaliya Markaziy Afrika Respublikasi va Maliga 200 dan ko‘proq tinchlikparvar askarlarini yuboradi. Bu haqda Portugaliya mudofaa vazirligidagi manbaga iqtibos keltirgan holda AFP axborot agentligi ma'lum qildi.
150 ga yaqin harbiy MARga va yana 60 ga yaqin harbiy Maliga BMTning bu davlatlardagi missiyalari doirasidagi maxsus operatsiyalarda ishtirok etgani yuboriladi. Frantsuz harbiy kontingenti joylashtirilgan MARga harbiylarni yuborish qarori Fransiyaning islom ekstremizmi bilan kurashda yordam berish haqidagi so‘roviga javoban qabul qilindi. Fransiya o‘tgan yili Parijdagi teraktlardan keyin ittifoqchi davlatlarga harbiylarini jo‘natgandi.
Ayni vaqtda MARda 8 nafar, Malida 12 nafar portugaliyalik harbiy Yevropa Ittifoqi va BMTning Malidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘p yo‘nalishli kompleks missiyalari davomida joylashtirilgan.
MAR aholisining 80 foizga yaqinini tashkil qiluvchi nasroniylar va aholining 15 foizini tashkil qiluvchi musulmonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 2013 yil martda "Seleka" musulmon koalitsiyasi nasroniy prezident Fransua Bozizeni to‘ntargandan keyin boshlangandi. MARda ixtilof davomida bir necha ming odam halok bo‘ldi, mamlakat gumanitar inqiroz girdobida qoldi. O‘n minglab musulmonlar mamlakatning shimoliga qochganlar va bu davlatning diniy alomatga ko‘ra ikki qismga ajralishiga olib keldi.
Malida hukumat qo‘shinlari va turli ayirmachi guruhlar jangarilari o‘rtasidagi ixtilof 2012 yil boshida avj olgan. U ko‘p jihatdan Liviyadagi vaziyatning keskinlashuvi va hududda Liviya qurol-aslaha omborlarining yoyilishi oqibatida yuzaga keldi.
Fransiya MARdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun 2013 yil dekarbda bu davlatla "Sangaris" operatsiyasi davomida 2 ming harbiysini joylashtirgandi. Operatsiya rejaga ko‘ra joriy yilda tugashi kerak. Fransiya shuningdek "Barxan" operatsiyasini o‘tkazmoqda, uning doirasida islom ekstremistlari bilan kurashish uchun Mavritaniya, Mali, Chad, Niger, Burkina-Fasoda 3 ming fransuz harbiysi joylashtirilgan.