O‘tgan yil oxirida Amerikaning Hewlett-Packard korporatsiyasi ikkita alohida HP Incorporated va HP Enterprise kompaniyalariga ajratildi. Birinchisi kompyuter va printerlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullansa, ikkinchisi dasturlashni ta'minlab xizmat ko‘rsatadi. Endi esa Tayvanning Acer kompaniyasi xuddi shunday qaror bilan chiqdi. Bu kompaniya ham ikkita biznes-guruhga ajralish niyatida. Core Business nomli bir kompaniya kompyuter ishlab chiqarishda davom etsa, ikkinchisi mobil yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.
Core Business noutbuklar, kompyuterlar, planshetlarni ishlab chiqarish, tadqiqotlar, xizmat ko‘rsatish, korporativ biznesni rejalashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek bu yo‘nalishga Digital Display ham kirib, u proyektorlar va monitorlar ishlab chiqaradi. IT-mahsulotlar bo‘limiga Jyerri Kao, Digital Display rahbarligiga esa Viktor Chen tayinlandi.
Nomi oshkor qilinmagan ikkinchi kompaniya o‘z zimmasiga smart qurilmalarni oladi, bunga smartfonlar, devayslar, shuningdek Build your Own Cloud (BYOC) (O‘z bulutingni yarat) yo‘nalishi va elektron ishchi operatsiyalari kiradi. Smart qurilmalar ishlab chiqarishga Maverik Shix rahbar etib tayinlandi.