Britaniyaning The Independent gazetasi 26 martda oxirgi marta bosma ko‘rinishda chop etiladi. Bu haqda gazeta saytida ma'lum qilindi.
Ma'lum qilinishicha, gazeta endi faqatgina raqamli ko‘rinishda chiqadi.
Nashrning bosh muharriri Liza Markvell 26 yil davomida gazetaning chiqarilishiga o‘z hissasini qo‘shib kelgan barcha xodimlarga minnatdorchilik bildirdi va bu ularning faoliyatining oxiri emasligini ta'kidlab o‘tdi.
Markvell gazeta faoliyatining ilk kunlari va eng yorqin lahzalarini eslab o‘tdi.
Gazeta egalari Aleksandr va Yevgeniy Lebedevlar o‘tgan oyda gazeta aktivlarini sotishni rejalashtirayotganlarini ma'lum qilgandilar.
Avvalroq gazeta o‘zining bosma ko‘rinishidan voz kechmoqchiligini ma'lum qilgandi.