O‘zbekistonlik yosh bokschilar Vilnyus shahrida (Litva) boshlangan an'anaviy xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma'lum qilinishicha, 1998-1999 yillarda tug‘ilgan bokschilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada Litva, O‘zbekiston, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Gretsiya, Vengriya, Polsha, Chexiya, Avstriya, Tunis, Isroil, Ozarbayjon, Rossiya, Gruziya, Belarus, Estoniya, Latviya, Ukraina, Qozog‘iston yoshlar terma jamoalari bahslashmoqda.
Vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida O‘zbekiston vakili Shunqor Abdurasulov qozog‘istonlik Serik Temirjanovni, 64 kilogrammgacha vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustalari bahsida Abu Nuranov vengriyalik Dominik Devenjini, vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Sanjar Tursunov litvalik Edvinas Makiyevisni mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Xalqaro turnir 27 martga qadar davom etadi.