Yaponiyada ikki mahbusga chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etildi

Jamiyat 11:45 / 25.03.2016 1231

Yaponiyada ikki jinoyatchiga nisbatan eng oliy jazo ijro etildi. Kyodo axborot agentligi xabar qilishicha, mamlakat adliya vaziri Ivaki Mitsuxide shunday ko‘rsatma bergan.

Jinoyatchilardan biri Yasutosi Kamata 1985-1994 yillar oralig‘ida Osaka shahrida besh kishining umriga zomin bo‘lgan. Uning qurbonlaridan biri 9-yoshli qiz edi.

Yana bir oliy hukm 56 yoshli ayol Dzyunko Yosidaga nisbatan amalga oshirildi. U 1998 va 1999 yilda 2 dugonasining turmush o‘rtoqlarini o‘ldirgan. Shu bilan u, 593 ming AQSh dollariga teng 67 mln iyen miqdoridagi sug‘urta to‘lovlarini olishni rejalashtirgan.

Qayd etish joizki, oxirgi o‘lim jazosi Yaponiyada o‘tgan yilning dekabrida ijro qilingandi. Umuman, mamlakatni bosh vazir Shindzo Abe hukumati boshqarishni boshlaganidan beri 16 nafar jinoyatchiga nisbatan o‘lim jazosi hukmi ijro etilgan. Yana 120 kishi o‘ziga nisbatan hukmning ijrosini kutmoqda.

Yapon qonunchiligiga binoan, buning uchun mamlakat adliya vazirining buyrug‘i talab etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: