Yaponiyada topilgan haqiqiy “kung-fu panda”ga o‘xshash bambuk ayig‘ining fotosuratlari qator OAV, xususan Metro va Daily Mail gazetalarida chop etildi.
Ueno (Tokio) hayvonot bog‘ida yashovchi ayiqni Singo Nakamura suratga olgan.
Ri Ri laqabli ayiq o‘zining odatiy ishlari bilan shug‘ullanib yurgan, lekin uning harakatlari DreamWorks kompaniyasi tasvirga olgan “Kung-fu panda” animatsion filmi qahramonining harakatlarini yodga soladi.
“Tabiat san'atga taqlid qilyaptimi yoki DreamWorks Ueno hayvonot bog‘ida maxfiy josuslik qilganmi, biz buni bilmaymiz, lekin Tokioda haqiqiy "kung-fu panda” yashaydi”, - deb yozadi Metro.
Gazeta, shuningdek, Ri Ri yaqinda o‘z “elatdosh”i haqidagi multfilmning uchinchi qismini tomosha qilgan bo‘lishi ham mumkin degan fikrda.
Daily Mail jurnalistining yozishicha, Ri Ri karatedan eng yaxshi hunarlarini ko‘rsatgan.