Xitoyda vaksinalarning noqonuniy aylanmasi bo‘yicha yirik jinoiy ish ochildi

Jahon 10:14 / 25.03.2016 1706

Xitoyda noqonuniy vaksina aylanmasiga bilan bog‘liq jinoiy ishda gumon qilinib 130 nafardan ortiq kishi hibsga olindi va 20 dan ortiq turli vaksinalar musodara qilindi.

Xitoy politsiyasi sotilgan dori vositalarining umumiy qiymati, avval xabar berilganidek, 570 million yuan (88 million dollar) emas, balki 310 million yuan (47,6 million dollar) ekanini bayon qilgan. Bu haqda XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi vakili Xua Tszinfen ma'lum qildi.

“Savdo 2011 yildan buyon olib borilgan va Xitoyning 20 dan ortiq muzofotlarini qamrab olgan. “Huquqni muhofaza qilish organlari hamon vaksinalar oqimini kuzatishda davom etmoqda”, - deydi Xua Tszinfen.

Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, bu yirik jinoiy ishga aloqadorlikda 29 ta farmatsevtik kompaniya va emlash huquqiga ega 16 ta tibbiyot muassasasi gumon qilinmoqda. “Shandun provinsiyasidagi uchta firma litsenziyadan mahrum etildi va ularning faoliyati to‘xtatib qo‘yildi”, - ma'lum qildi XXR oziq-ovqat va dori vositalarini nazorat qilish Davlat boshqarmasi vakili Li Gotsin.

Jinoiy harakatning asosiy figurantlari shandunlik Pan familiyalik sobiq farmatsevt va uning qizi vositachilar bilan hamkorlikda vaksinalarning noqonuniy aylanmasini yo‘lga qo‘yishgan. Gumon qilinayotgan shaxslar zavodda ishlab chiqarilgan preparatlar bilan savdo qilishgan, biroq ularning saqlanish muddati o‘tgan yoki noto‘g‘ri saqlangan.

Sog‘liqni saqlash organlari mansabdorlarining guvohlik berishicha, Xitoyda vaksinatsiya bilan bog‘liq shubhali asorat holatlari qayd etilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: