Xitoyda avtobus halokati yuz berishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Jahon 17:49 / 25.03.2016 1513

Xitoyning sharqiy qismidagi Anxoy provinsiyasida avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 31 kishi yaralangan. Bu haqda Sinxua agentligiga tayanib TASS xabar berdi.

YTH bugun – 25 mart kuni Suchjou shahrida sodir bo‘lgan. Avtobus yo‘l to‘sig‘iga urilgan va chetga qulagan. Avtobusda jami 37 kishi bo‘lgan.

Jabrlanganlar kasalxonaga yetkazilgan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir.

Ko‘proq yangiliklar: