Smartfonlar va xotira chiplari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning eng yirik kompaniyasi - Samsung – startapga o‘xshash maqsadida korporativ tuzilishni qayta isloh qilish rejasini ma'lum qildi.
Boshqaruvning yangi usuli koreyaliklarning IT-gigantga ortiqcha rasmiyatchilikdan qutulish, iyerarxiyani soddalashtirish va qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi.
Xususan, korporatsiya “yuqoridan pastga” boshqaruvidan ochiq muloqotga zamin yaratuvchi ishchi muhitga o‘tish niyatida. Shuningdek, Samsung boshqaruv iyerarxiyasi (quyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga boqichma-bosqich bo‘ysunishi) darajalari sonini kamaytirish va biznes-bo‘lim rahbarlari va oddiy ishchilar o‘rtasida onlayn-muloqotlarni tez-tez o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Samsung korporatsiyasining avtoritar korporativ tuzilishi qat'iy iyerarxiyali jiddiy tartib bilan ajralib turadi. Shunga qaramasdan, u o‘zini qayta shakllantirishi zarur, chunki mobil telefonlar savdosidan keladigan daromad tushib bormoqda, yangi bizneslar esa hali rivojlanmayapti.
Samsung’ning hozirgi va sobiq xodimlari so‘zlariga ko‘ra, 300 ming nafar xodimi bor korporatsiya uchun “qayta qurish islohoti” oson bo‘lmaydi.
Bulardan tashqari, Samsung o‘zgaruvchan ish grafigini tatbiq etmoqchi, yana hisobot topshirish jarayonini soddalashtirish, dam olish kunlarida dress-kodga bo‘lgan talabni kamaytirish va tez-tez ish vaqtidan tashqari ishlash va alkogolli ichimlikli kechalarga borishga majbur qilinadigan xodimlarga kamroq tazyiq o‘tkazish kabi yengilliklar ham kiritishni maqsad qilgan.
“Jangovar ruh”ni ko‘tarish uchun qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari ham taklif etiladi.