Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining yakka holdagi suhbati 4 soat davom etdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Uchrashuvda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham ishtirok etdi.
Putin Kerri bilan uchrashuvni ochayotib, Rossiya va AQSh qoida bo‘yicha o‘zaro yechimlarni topishi hamda ikki tomonlama va xalqaro masalalar bo‘yicha ishlashga muvaffaq bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.
Kerri o‘z navbatida Ukrainadagi vaziyatni tezroq hal qilish uchun AQShning bir qator g‘oyalarini taklif qildi.
Putin va Kerri bir-birlarini qisqa qarshilashgandan keyin, uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tdi.