Parhezshunoslar yog‘lardan xalos etuvchi eng samarali mahsulot nomini e'lon qilishdi

Jamiyat 19:22 / 25.03.2016 4652

Oqsil-uglevod parhezida eng samarali natija beruvchi — bu papayya mevasi ekanligi aniqlandi. Papayyani ortiqcha yog‘lardan xalos etish xususiyatiga ko‘ra "XXI asr mahsuloti" deb nomlashdi.

Shuningdek, parhezshunoslar papayyani supermeva deb atashligini ham ta'kidlashdi. Ular buni unda singuvchi hamma vitaminlarning borligi hamda yog‘larni so‘rib oluvchi modda — papainning mavjudligi bilan izohlashdi.

Papain — gidrolaz turkumiga kiruvchi o‘simlik fermenti bo‘lib, fiziologik xususiyatiga ko‘ra oshqozon shirasiga o‘xshab ketadi. Shuning uchun papayya mevasi tez hazm bo‘lishi bilan alohida diqqatga sazovor.

Shu bilan birga parhezshunoslar papayyani organizmning oqsil moddasini o‘zlashtirishi qiyinligi bois oqsil yetishmovchiligi bo‘lgan kishilarga ham tavsiya etadilar.

Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun papayyani to‘g‘ri iste'mol qilish kerak. Uni ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin iste'mol qilish darkor.

Ko‘proq yangiliklar: