O‘zbekiston xorijiy investorlarga sotiladigan davlat aktivlari narxini pasaytiradi

Iqtisodiyot 18:03 / 25.03.2016 1391

Joriy yilning 1 aprelidan O‘zbekiston korxonalarining chet el sarmoyadorlariga sotiladigan aksiyalari bahosi 10 foizga arzonlashtiriladi.

Xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiya hamda aksionerlik jamiyatlari faoliyatini kuchaytirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 2016 yil 15 fevralda bo‘lib o‘tgan ilk yig‘ilishida shunday qaror qabul qilingan. Bu haqda review.uz xabar qilmoqda.
Komissiyalar majlisi xo‘jalik boshqaruvi organlari va aksionerlik jamiyatlarining 2016 yil 1 aprelidan savdoga qo‘yilgan aksiyaonerlik jamiyatlari aksiyalari narxini 10 foizga pasaytirish to‘g‘risidagi taklifini ma'qullagan.

Xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiya O‘zbekiston prezidenti farmoniga asosan 2016 yil 10 fevralida tashkil etilgan edi.

O‘tgan yilning 5, 6 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumida 600 ga yaqin xorijiy vakillar ishtirok etgan. Unda, investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish va davlat hamda xo‘jalik boshqaruv organlarining 12,4 mlrd dollarlik ulushlarini xorijiy sarmoyadorlarga sotish borasida 100 dan ortiq bitim imzolangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: