Ortiq Otajonov: “Navro‘z” so‘zi bahona qo‘shig‘imni kesib tashlashgan”

Jamiyat 21:22 / 25.03.2016 3454

O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov 1984 yilda televideniyeda tashkil qilingan konsert dasturida Furqatning “Yor kelasalar” g‘azali bilan ashula ijro etgani, ammo g‘azalning baytida “Navro‘z” so‘zi qo‘llangani bois o‘sha yeri kesib tashlanganini so‘zlab berdi. Bu haqda “Darakchi” nashri yozmoqda.

“Shu qo‘shiqning:
“Kelsa gar Navro‘zi olam
To chiqib hijron qushi
Yo‘llariga jon nisor
aylay Nigorim kelsalar...

degan bandi bo‘lib, aynan shu joyi qo‘shiqning eng avj nuqtasi edi”, — deb hikoya qiladi Ortiq Otajonov. — “Tadbir tugagach, yozuv lentasini televideniyeda qoldirib ketganman. Ekranga berilgan vaqtida esa birgina Navro‘z degan so‘z uchun shu misralar kesib tashlangan edi. O‘sha davrlarda Navro‘z — kun bilan tunning teng bo‘lgani, deya izohlanardi”.

“Mustaqillika erishganimizdan so‘ng Navro‘z haqiqiy xalq bayramiga aylandi. Men ham bayramga atab “Navro‘z keldi do‘stlar” degan shukronalik qo‘shig‘ini kuyladim”, — deya qo‘shimcha qildi ustoz san'atkor.

Ko‘proq yangiliklar: