Lionel Messi: «Biz bu jamoadaligimiz uchun Kroyffdan minnatdor bo‘lishimiz kerak»

Sport 14:59 / 25.03.2016 912

«Barselona» jamoasi hujumchisi Lionel Messi 24 mart kuni olamni tark etgan afsonaviy futbolchi va murabbiy Yohan Kroyffni yodga oldi.

«Men bu qayg‘uli xabarni eshitib, qattiq xafa bo‘ldim. Men hamisha dunyo futboli tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri va jamoamiz bilan murabbiy sifatida ko‘p yutuqlarga erishgan Kroyffga havas bilan qarardim.

Shuni inkor qilmasligimiz kerakki, bizning bu yerda o‘ynashimiz Kroyff qilgan ishlar tufaylidir. Yana bir afsona bizni tark etdi», — deya yozadi Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

"Uchar golland" 1973 yildan 1978 yilgacha "Barselona" uchun o‘ynagan va 1988-1996 yillarda jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlagan. U "ko‘k-anorranglilar" jamoasi bilan 4 marta ichki chempionatda g‘olib chiqqan, 1992 yilda chempionlar kubogida zafar quchgan.

Kroyff 1971, 1973 va 1974 yillarda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Oltin to‘p" bilan taqdirlangandi.

3 karra «Oltin to‘p» sohibi Yohan Kroyff vafot etdi

Ko‘proq yangiliklar: