Kim Chen In harbiylarga Janubiy Koreya prezidenti qarorgohini o‘qqa tutishga tayyorlanishga buyurdi

Jahon 15:21 / 25.03.2016 1766

KXDR yetakchisi Kim Chen In respublikaning frontoldi chegaralarida bo‘lib o‘tgan keng miqyosli uzoq masofali artilleriya mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar tarqatgan.

Koreya markaziy telegraf axborot agentligining juma kuni tarqatgan xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlar boshlanishidan avval, Xalq qurolli kuchlari vaziri Pak Yen Sik harbiylarga murojaat qilar ekan, "Koreya xalq armiyasining harbiy qudratini va ularning oliy bosh qo‘mondonni ishonchli himoya qilishga tayyorliklarini" namoyish etishga chaqirgan.

Mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni hisoblangan davlat rahbari esa, KXA (Koreya xalq armiyasi) harbiy bo‘linmalarining 100dan ortiq turli kalibrdagi artilleriya qurollari qatnashgan mashg‘ulotlar natijasidan ko‘ngli to‘lgan. U artilleriyachilarni maqtab, "mashg‘ulotlarni tez-tez o‘tkazib turishga va kerakli buyruq berilgan taqdirda Seul inshootlariga qaqshatgich zarbalar berishga, shuningdek janubliklar prezidenti qarorgohini o‘qqa tutish uchun tayyor turishga ko‘rsatma bergan.

Bundan avval, KXDR 2010 yildan beri mintaqada o‘tkazilgan Amerika-Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlariga javoban ballistik raketalarini uchirgan edi. Respublika rahbari, strategik qo‘shinlar bo‘linmalariga “Janubiy Koreyaning muhim inshootlari va AQShning Osiyo-Tinch okeani havzasidagi harbiy bazalarini nishonga olish” va "doimiy harbiy tayyorlikda turish"ga farmon bergandi. Kim Chen In mabodo harbiy fitna yuz beradigan bo‘lsa, "barcha hujum qurollari, xususan yadro kallaklaridan foydalangan holda Koreya respublikasiga zarba berish"ga ko‘rsatma berishini ta'kidlagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: