KXDRda hibsga olingan amerikalik josusligi uchun uzr so‘radi

Jahon 11:56 / 25.03.2016 1010

KXDRda hibsga olingan AQSh fuqarosi josusligi uchun uzr so‘radi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

Asli kelib chiqishi koreyalik bo‘lgan AQSh fuqarosi Kim Don Chxol harbiy va iqtisodiy josuslikka aloqador ekanini tan oldi. Pxenyanda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida AQSh va Janubiy Koreya maxsus xizmatlari buyrug‘iga binoan axborot to‘plash bilan shug‘ullangani, aholi o‘rtasidagi kayfiyat va savdo-sotiq bozorlaridagi vaziyat haqidagi ma'lumotlarni muntazam yetkazib turish bilan shug‘ullanganiga iqror bo‘ldi.

Ayblanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u KXDRga qarshi mudhish jinoyatlar amalga oshirgan, Pxenyanga qarshi targ‘ibot ishlarini olib borgan. Shu sababli, qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lib, kechirim so‘ragan.

"Oilam oldida qilgan ishlarimdan taassufdaman", dedi u ko‘zida yosh bilan.

Shuningdek, 62 yoshli Kim Don Chxol arz qilishga sabab yuqligi hamda unga kutilganidan ko‘ra yaxshi muomila qilishganini ta'kidlab o‘tdi.

Kim Don Chxol 19 yoshgacha Seulda yashab, keyinchalik oliy ma'lumot olish ilinjida AQShning Virjiniya shtatiga ko‘chib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: