Kerri: Rossiya va AQSh yagona Suriya tarafdori

Jahon 10:25 / 25.03.2016 1609

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Moskva va Vashington Suriya yagona davlat bo‘lib qolishi bo‘yicha yagona fikrga ega, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Biz barchamiz bu urushga chek qo‘yish kerakligini tushunamiz. Biz qanday chek tashlanganini tushunamiz: biz IShID, "An-Nusra", boshqa terrorchilik guruhlarini yo‘q qilishga erishishimiz zarur va biz barchamiz Suriya qismlarga bo‘lingan emas, balki yagona, ziyoli, ozchiliklarning huquqlari hurmat va himoya qilinadigan davlat bo‘lishi tarafdorimiz", deb aytdi Kerri Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha.

Kerri Suriya prezidenti Bashar Asad taqdiri haqida gapira turib, Rossiya Asad "to‘g‘ri qaror qabul qilishi uchun" aniq yo‘nalishni belgilab berishi zarurligini aytdi.

Kerri Rossiya va AQShning birgalikdagi harakatlari evaziga Suriya inqirozini hal qilishda jiddiy oldinlashga muvaffaq bo‘linganini qo‘shimcha qildi.

Ko‘proq yangiliklar: