Jamshid Iskanderov Serbiyada davolanadi

Sport 15:44 / 25.03.2016 1568

"Paxtakor" jamoasi 1 aprel kuni "Buxoro" bilan safarda o‘tadigan 3-tur o‘yiniga tayyorgarlikni davom ettiryapti.

Hoshimov, Tojiyev, Andreyev, Sohibov va Sergeyev terma jamoa safida Bahrayn bilan uchrashuvda ishtirok etish uchun terma ixtiyorida qolishgan. Masharipov esa bugun "Paxtakor" mashg‘ulotlarida qatnashishi kutilmoqda. Iskanderov esa aprel oyi boshida jarohatini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash uchun Serbiyaga jo‘nab ketadi. Qolgan futbolchilar esa har kungi mashg‘ulotlarda No‘'mon Hasanov boshchiligida ishlashmoqda.

Oliy liganing 3-turida toshkentliklar jamoasi "Buxoro" mehmoni bo‘ladi. So‘ng Chempionlar ligasida "Traktorsozi" bilan Tabrizda o‘tadigan muhim o‘yinda maydonga tushadi.

Manba: pakhtakor.uz

Ko‘proq yangiliklar: