Eron yil oxirigacha “Dusti” (“Do‘stlik”) nomli telekommunikatsion yo‘ldoshini ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqda Eron kosmik agentligi rahbari Muhsin Bahramiy ma'lum qilgan.
Mamlakatning axborot-kommunikatsion vazirligi milliy kosmik dasturni qayta tiklash haqida qaror qabul qildi va shu munosabat bilan “Dusti” telekommunikatsion yo‘ldoshi ustida ish boshlanishini ma'lum qildi.
Shuningdek, Muhsin Bahramiy Eron va “Oltilik” (BMTning 5ta doimiy vakili hamda Germaniya) o‘rtasidagi kelishuv boshqa davlatlar bilan yanada keng qamrovli hamkorlik qilishga yo‘l ochishini qayd etib o‘tdi. U bunday hamkorlik Eron aviakosmik sanoatining rivojlanishi va modernizatsiyalashishiga xizmat qilishini ta'kidladi.