Devid Bekhem o‘z klubi uchun maydon qurdiradi

Sport 18:04 / 25.03.2016 1264

Mashhur sobiq futbolchi Devid Bekhem kompaniyasi Mayamidan yer maydoni sotib oldi. Bu yerda Shimoliy Amerika futbol ligasi (MLS)da ishtirok etishi mo‘ljallangan klubi uchun maydon qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda ESPN xabar tarqatgan.

Bekhem o‘z klubiga asos solishi haqida 2014 yilning aprelida ma'lum qilgan. O‘shanda sportchi bu loyihaga hamkorlari bilan birgalikda 125 million dollar sarflashga tayyor ekanini ham bildirgan edi.

Avvaliga Mayami shahri hokimiyati taklif etilgan hududni “nomunosib” deb baholab, qurilishga qarshi chiqdi. Lekin dekabrda futbolchi 25 ming kishini sig‘dira oladigan arena qurilishiga ruxsat beruvchi hujjatni qo‘lga kiritdi.

Manbaga ko‘ra, Mayami-Bich yaqinida sotib olingan maydonning kengligi 2,43 gektardan iborat.

Qurilish ishlari boshlanish sanasi hali ma'lum qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: