Sidney sudi Muhammad Ibrohimni ruslarning pravoslav qabristonida 50 dan ortiq qabrlarni bulg‘ash aybi bilan qamoqqa oldi.
"Bu voqea 2015 yilning 27 noyabrida sodir bo‘lgan", deb xabar beradi The Telegraph.
Unga ko‘ra, Ibrohim o‘z sherigi bilan kechasi mozorga o‘g‘rincha kiradi va ko‘plab qabr toshlari, shamlar va gullarni rasvo qiladi. Yetkazilgan moddiy ziyonning umumiy qiymati 150 ming dollardan ortiqni tashkil qilgan.
Sud binosidan chiqishda “Zabaykalskiye kazaki” hamjamiyati a'zolari Ibrohimga “Nomard! Qo‘rqoq! Vandal!” deb qichqirishgan. Hamjamiyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, ko‘ngillilar qabrlarning aksariyat qismini ta'mirlab bo‘lishgan.