«Arsenal» futbolchilari qozog‘istonliklarni Navro‘z bilan tabrikladi

Sport 22:05 / 25.03.2016 1295

«Arsenal»ning 3 nafar futbolchisi Piter Chex, Migel Arteta hamda Jyek Uilsher jamoa homiylaridan biri bo‘lgan Capital Bank Kazakhstan tashabbusi bilan tashkil etilgan loyihada ishtirok etishdi. Futbolchilar qozog‘istonliklarni Navro‘z bayrami bilan tabriklagani aks etgan video namoyish etilgan. Bu video YouTube portaliga joylashtirilgan birinchi kundayoq 45 ming marta tomosha qilingan.

Ma'lum qilinishicha, bu rolik tasvirga olinishi uchun bank vakillari Olmaotadan qozoqlarning milliy bosh kiyimlarini Londonga olib borishgan va futbolchilarga sovg‘a qilingan. Shuningdek, futbolchilarga B1NK plastik kartochkalari taqdim etilgan.

Qolaversa, bank bayram munosabati bilan B1NK kartochkalari egalari o‘rtasida 7 hafta davom etuvchi tanlov e'lon qilgan. Tanlovda 3ta iPhone smartfonlari o‘ynaladi. Shuningdek, g‘oliblarga londonliklar jamoasi futbolchilari imzolari tushirilgan original futbolkalar hamdo futbol to‘plari o‘ynaladi. Eng asosiy mukofot esa 2 kishiga Londonga borish va «Arsenal» jamoasining futbolchilari bilan uchrashish imkoniyatini taqdim etishdir.

Ko‘proq yangiliklar: