Apple kompaniyasi eski iPhone va iPad’larni yangilashni to‘xtatdi

Jahon 17:00 / 25.03.2016 927

Apple kompaniyasi qurilmalarning eski nusxalarini yangilashni to‘xtatdi. Bu haqida iMore portali xabar berdi.

Gap iOS 9.3 tizimining yangi nusxasi haqida ketmoqda. Mazkur yangilanishdan keyin qurilma egalarida uni faollashtirish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kela boshladi.

Kompaniya shu masalaning yechimi ustida ishlayotgani hamda xavfsizlik yuzasidan uni yangilashni to‘xtatib qo‘yganligini ma'lum qildi.

iPad (xususan, iPad2) eski model sohiblari qurilma yangilanganidan keyin uni "g‘isht"ga qiyoslashmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: