Buyuk Britaniyaning Xeylsoven shahrida bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan futbol o‘yini vaqtida ularning ota-onalari bo‘lgan kishilar janjallashdi. Bu janjal o‘yinning to‘xtatilishiga olib kelgan.
The Telegraph xabarida yozilishicha, bu janjalga o‘yin hakamining qarorlari sabab bo‘lgan. U o‘yin davomida 2ta qizil kartochka ko‘rsatgan va 3 marta penalti belgilagan.
Bu mushtlashuv politsiyaning aralashuvi bilan to‘xtatilgan, janjal ishtirokchilaridan biri hibs qilingan, yana bir kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan.