O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix Filippinga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Gol urish uchun ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Ko‘p gol urib, muxlislarga quvonch ulashmoqchi edik, ammo ushbu maqsadimiz amalga oshmadi.
Qandaydir tushunarsiz sabablar tufayli to‘p Filippin darvozasiga kirishni istamadi. Ba'zida bunday o‘yinlar ro‘y berib turadi.
Yaxshiyamki, gol urdik va 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Natijada guruh peshqadamligini qo‘lga oldik. Golli uzatma? Bunga ahamiyatga qaratishni istamasdim. Eng muhimi — g‘alaba.
Endi oldimizda Bahraynga qarshi o‘yin kutib turibdi. Umid qilaman, bugun ura olmagan gollarimizni keyingi o‘yinlarda uramiz. Ha, bahraynliklar bilan o‘yin oson bo‘lmaydi. Ammo biz maydonga katta ishtiyoq bilan tushamiz», – deydi Geynrix.
Eslatib o‘tamiz, 24 mart kuni Jahon chempionati—2018 va Osiyo Kubogi—2019 qo‘shma saralash turnirida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Filippinga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozonib, N guruhida peshqadamlikni qo‘lga oldi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Bahrayn Yamanga qarshi o‘yinda yirik hisobda zafar quchdi - 3:0.
29 mart, seshanba kuni guruhning beshinchi vakili KXDR Manilada Filippin mehmoni bo‘ladi. Toshkent shahrida esa O‘zbekiston va Bahrayn terma jamoalari o‘zaro hisob-kitob qiladi.