2016 yil oxiriga qadar Toshkentda 53ta mahalliy kichik qozonxona quriladi

O‘zbekiston 17:20 / 25.03.2016 2445

Toshkentda barcha tumanlarni qamrab oladigan yagona markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti tizimi yaratilgan.

«Toshissiqquvvati» unitar korxonasi ishlab chiqarish birlashmasi boshlig‘i Baxtiyor Muhrimovning ta'kidlashicha, issiqlik energiyasi to‘qqizta yirik issiqlik markazi va 167 mahalliy qozonxonada ishlab chiqariladi.

Yaqingacha issiqlik manbaidan uzoq bo‘lgan iste'molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berishda kamchiliklar mavjud edi. Ayni paytda ushbu muammoni hal qilish masalasida Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Olmazor va Yunusobod tumanlarida energiya tejaydigan uskunalar bilan jihozlangan 53 mahalliy kichik qozonxona barpo etildi.

Ushbu kichik qozonxonalarda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiya va resurs tejaydigan qozonlar o‘rnatilgan. Ular ob-havodan kelib chiqqan holda, suv haroratini nazorat qilish va belgilash imkonini beradigan zamonaviy o‘lchov asboblari bilan jihozlangan. Bu foydalaniladigan gaz, elektr energiyasi va suvni tejash imkonini beradi. 2016 yil oxiriga qadar Toshkentda shunday 53ta mahalliy kichik qozonxona quriladi.

Ko‘proq yangiliklar: