Kickstarter elektron maydonida ekologik sof havo tozalovchi vositalardan biri sotuvga qo‘yildi. Clairy gullar solinadigan katta tuvak ko‘rinishida yasalgan.
36 kub metr hajmdagi elektron tuvakka ekilgan sanseviyeriya, spatifillum yoki Benjamin fikusi kabi gullar ishga tushirilgach, 30 soatdan so‘ng inson salomatligiga havf soluvchi toksin va boshqa zararli moddalarni 80 foizgacha yo‘q qilishga yordam beradi.
Qurilmaning siri belgilangan maqsadni amalga oshirish uchun to‘plangan havo gullarning ildiz tizimi orqali o‘tadi (80-yillar so‘ngida NASA mutaxassislari ayrim o‘simliklarning ildizlari ham barglar kabi atmosferadagi zararli moddalarni bartaraf etishga qodirligini aniqlashgan).
Qurilmada filtrni almashtirib turish talab etilmaydi. Clairy ichiga o‘rnatilgan maxsus datchiklar xona harorati, namligi va havoning sifatini nazorat ostida kuzatib boradi. O‘rnatilgan Wi-Fi moduli orqali ko‘rsatkichlar foydalanuvchi smartfoniga yuboriladi.
Clairy qurilmasini yetkazib berish xizmati bilan birga 150 yevroga sotib olish mumkin.