Yodnoma: Yohan Kroyffning eng chiroyli gollari saralandi

Sport 20:49 / 24.03.2016 2238

Bugun, 24 mart kuni 20 asrning eng nomdor futbolchilaridan biri bo‘lgan niderlandiyalik Yohan Kroyff 68 yoshida olamdan o‘tdi. U o‘z davrida maydonni yaxshi ko‘ra olishi, sheriklarini to‘p bilan ta'minlashi, tezlikka va texnikaga ega bo‘lishi bilan birgalikda bir-biridan chiroyli ko‘plab gollar urgan. Aynan u "total futbol"ning eng birinchi va eng mohir ijrochilaridan biri bo‘lgan.

U o‘zining nafis harakatlari evaziga "uchar golland" nomini olgandi. U o‘yinlar vaqtida raqiblar kutmagan joyda paydo bo‘la olishi bilan barchani hayratlantirardi.

Kroyff to‘pni oyog‘ining tashqi qismini tekkizish orqali kutilmagan tomonga tashlashning hadisini olgandi va ko‘p marta o‘ziga xos shu usuli orqali raqiblarni dog‘da qoldirib, ularni aylanib o‘tardi.

Yohan Kroyff eng yaxshi yillarini "Ayaks" va "Barselona" jamoalarida o‘tkazdi. U o‘z futbolchilik faoliyati davomida 752ta o‘yin o‘tkazib, 425ta gol urdi. Kroyf 3 marta, 1971, 1973 va 1974 yillarda "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan. U uch marta chempionlar kubogini qo‘lga kiritgan, bir marta futbolchi sifatida, 2 marta murabbiy sifatida.

Quyidagi videolarda uning qanday mahorat egasi bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Yohan Kroyff vafot etdi

Mishel Platini: Men do‘stimni yo‘qotdim, dunyo esa ulug‘ insonni

Ko‘proq yangiliklar: