Venger 43 mln yevro evaziga «Arsenal» uchun yangi futbolchi sotib olmoqchi

Sport 21:50 / 24.03.2016 1616

Menxengladbaxning «Borussiya» jamoasi yarimhimoyachisi Granit Jaka faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Sky Germany nashri ma'lumotiga ko‘ra, «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger shveysariyalik bu 23 yoshli futbolchining otasi va boshqa vakillari bilan uchrashgan hamda londonliklar jamoasi rahbariyati Jakaning transferi uchun 43 million yevro sarflashga tayyorligini bildirgan.

Shveytsariya terma jamoasi a'zosi hisoblanadigan Jakaning «Borussiya» bilan shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Unga Angliyaning boshqa bir jamoasi "Manchester Siti"dan ham jiddiy qiziqish bor. "Shaharliklar" ushbu hujumkor yarimhimoyachi uchun 50 mln yevro berishga tayyorligi ma'lum qilingan.

Bundan oldinroq, Jaka bolaligidan buyon Angliyada to‘p surishni orzu qilishi haqida aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: