Ukraina Yaponiyadan 331 mln dollarlik kredit oldi

Iqtisodiyot 20:48 / 24.03.2016 1119

Ukraina Yaponiyadan 331 mln dollar miqdorida uzoq muddatli imtiyozli kredit oldi. Bu haqda Ukraina moliya vazirligi saytida ma'lum qilindi.

"Yaponiya taqdim qilgan mablag‘lar davlat byudjyeti umumiy jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi. Shu tariqa, olingan mablag‘lar davlatning ustuvor ehtiyojlariga, jumladan ijtimoiy xarajatlar va muhim islohotlarga ishlatilishi mumkin", deyilmoqda xabarda.

Ukraina moliya vazirligida ta'kidlanishicha, kredit Jahon banki bilan "Rivojlanish siyosati uchun kredit – 2" qo‘shma loyihasi doirasida taqdim qilindi. Bu loyiha shartlariga ko‘ra, pullar 20 yilga 6 yillik imtiyozli davr bilan 1 foizdan kamroq yillik foiz stavkasi bilan berildi. Imtiyozli davr tugagandan keyin kredit bo‘yicha to‘lovlar bir yilda ikki marta amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: