Ukraina grivnani zig‘irpoya tolasidan bosishni boshladi

Iqtisodiyot 20:01 / 24.03.2016 1218

Ukraina Milliy banki milliy valyuta – grivna kupyuralarini zig‘irpoya tolasidan bosishni boshladi, deyilmoqda Ukraina Milliy banki rasmiy xabarida. Bunday banknotalarning birinchi partiyasi Jitomir viloyatining Malina shahrida bosib chiqarildi.

"Ukrainalik mutaxassislar anchadan beri pul qog‘ozida paxtadan tashqari boshqa tabiiy o‘simlik tolalari, masalan, zig‘irni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi haqida fikr yuritishayotgan edi", deb aytdi Milliy bank rahbari o‘rinbosari Yakov Smoliy.

Uning aytishicha, zig‘irpoya tolasining tabiiy xususiyatlari mexanik mustahkamligi bo‘yicha paxtadan ancha yuqoriroqdir, bu esa qog‘ozning yaxshiroq chidamliligini ta'minlaydi.

Smoliyning ta'kidlashicha, banknotalarni tayyorlashda paxta o‘rniga boshqa materialdan foydalanish g‘oyasi originaldir, biroq kamyob emas. Uning aytishicha, qog‘oz pullarni tayyorlashda guruch shirasi yoki manila kanoptolasi (banansimonlar oilasiga mansub o‘simliklardan olinadigan dag‘al qotib qolgan tola) tolalari ishlatilgani holatlari ham bo‘lgan.

Ukraina Milliy banki zarbxonasi yangi qog‘ozni qog‘oz pullarga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun sinovdan o‘tkazmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: