BMT tribunali tomonidan 40 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Serb Respublikasining birinchi prezidenti Radovan Karajich bu qaror yuzasidan apellyatsiya bermoqchi.
Bu haqda sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal hukm chiqargandan keyin Karajichning advokati ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Avvalroq BMTning Gaagadagi tribunali Karajichni ayblovning 11 bandidan 10 tasi bo‘yicha javobgar deb topgani ma'lum qilingandi.
Tribunal, jumladan Karajichni Srebrenitsadagi xunrezlik, Sarayevani qamal qilish va Bosniya va Gertsegovina munitsipalitetlarida insoniyatga qarshi jinoyatlarning amalga oshirilishida javobgar deb topdi.