Rokfellerlar jamg‘armasi neft kompaniyalaridagi aktivlarini chiqarib olmoqchi

Iqtisodiyot 10:34 / 24.03.2016 2297

Rokfellerlar oilasining jamg‘armasi (RFF) yonilg‘i turlarini qazib olish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardagi aktivlarini “iloji boricha tezroq” chiqarib olish haqidagi rejalarini ma'lum qildi, deb xabar beradi RNS.

“Butun dunyo hamjamiyati qazib olinadigan yonilg‘i turlaridan foydalanish zaruratidan qutulishga urinayotgan bir paytda ushbu kompaniyalarda sarmoyalarni saqlashning moliyaviy jihatdan ham, axloqiy jihatdan ham ma'nosi yo‘q”, - deyiladi jamg‘arma xabarida.

Ma'lumot uchun, Rokfellerlar oilasi xayriya fondi insoniyat tarixidagi birinchi milliarder, Standard Oil neft kompaniyasi rahbari Jon Rokfeller vorislari tomonidan tashkil etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: