Yangi Zelandiyada davlat bayrog‘i almashtirish bo‘yicha referendum o‘tkazildi.
SVS nashri xabariga ko‘ra, referendumda aholining ko‘pchilik qismi davlat bayrog‘i o‘zgartirilishiga qarshi ovoz bergan. Aniqlik kiritilishicha, referendumda qatnashganlarning 57 foizi eski bayroq saqlanib qolishini yoqlab ovoz bergan.
O‘z navbatida, saylovchilarning 43 foizi alternativ variant qora-ko‘k fondagi "Kumushrang qirqquloq " nomini olgan yangi ko‘rinishdagi bayroq joriy etilishini istagan. Bu variant o‘tgan yil davomida 2 bosqichda bo‘lib o‘tgan ovoz berish yakunlari bo‘yicha tanlangandi.
Mamlakat bosh vaziri Jon Key Yangi Zelandiya davlat bayrog‘ini almashtirishni 2014 yil sentabrida taklif etgandi. Bu g‘oyaga bayroq yaratilishida Buyuk Britaniya bayrog‘idan nusxa olingani va u Avstraliya bayrog‘iga juda o‘xshash ekani sabab sifatida keltirilgandi.