Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasining 2015 yildagi ishlari sarhisob qilindi

Iqtisodiyot 10:13 / 24.03.2016 2078

Qirg‘iziston hukumati axborot ta'minoti bo‘limi Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev boshchiligidagi mamlakat Vazirlar mahkamasi 2015 yilda bajargan asosiy ishlari yakunlarini chop etdi.

Unga ko‘ra, 2015 yilda mamlakatdagi kafolatlangan eng kam ish haqi 705 somdan 810 somga (15 foizga) oshirildi, qiyin ahvolda bo‘lgan bolalar va oilalarni aniqlash tartibi tasdiqlandi, bu esa ularga o‘z vaqtida ko‘mak berishga imkon berdi.

Shuningdek, ijtimoiy statsionar muassasalar xizmatidan foydalanuvchilarni dori vositalari bilan ta'minlash me'yori taxminan 2 barobarga (kuniga 6,5 somdan 12,5 somga) oshirildi.

Hukumatning "Arzon uy-joy 2015-2020" dasturi doirasida "Davlat ipoteka kompaniyasi" yaratildi. 2015 yil 1 sentabrdan umumiy ish staji 40 yil va undan ko‘proqni tashkil etadigan erkak pensionerlar va umumiy ish staji 35 yil va undan ko‘proqni tashkil etadigan ayol pensionerlar hamda 1-guruh nogironlarining pensiya miqdori 500 somga, qolgan pensionerlarniki esa 200 somga oshirildi.

Pensiya oshirilgan holda qayta hisoblanganda o‘rtacha pensiya 4 ming 817 so‘mni yoki 2015 yil boshiga nisbatan 105,6 foizga ko‘proqni tashkil qildi. 2015 yil 1 iyuldan shoshilinch xizmat askarlari va matroslari qatoridan bo‘lgan harbiylarning nogironlik bo‘yicha minimal pensiyasi miqdori oshirildi hamda Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etganlar pensiyalariga qo‘shimcha kompensatsiya puli to‘lash belgilandi. Respublika jamg‘armasidan bu maqsadlar uchun 7,6 mln som ajratildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda 24,1 mlrd somlik sug‘urta badallari yig‘ilgan va reja 103 foizga bajarilgan.

Bundan tashqari, mamlakatdagi o‘ta nochorlik darajasi 1,6 foizga kamaytirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: