Obama va Klintonni o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkakka ayblov qo‘yildi

Jahon 11:19 / 24.03.2016 1685

23 martda AQShning Ogayo shtatida yashovchi erkakka AQSh prezidenti Barak Obama va AQShning sobiq Davlat kotibi Xillari Klintonni o‘ldirish bilan tahdid qilgani uchun rasmiy ayblov qo‘yildi. 35 yoshli Jonatan Smidga nisbatan ayblov xulosasi Klivlend shahar federal sudiga topshirildi.

Bunga AQSh Maxsus xizmatining telefon suhbatlari yozuvlari asos bo‘ldi. Xizmat, shuningdek, davlatning birinchi shaxslari xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanadi. 28 fevralda Smid Maxsus xizmatning mahalliy bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, Obamani o‘ldirish va Klintonni o‘lasi qilib do‘pposlash istagini bildirgan.

Shundan keyin Smid hibsga olingan. So‘roq paytida u aslida hech qanday xavfli narsa rejalashtirmaganini aytgan. Uning aytishicha, u Maxsus xizmatga qo‘ng‘iroq qilganda pivo ichib, televizor ko‘rayotgan bo‘lgan.

Tergovchilar erkakning singlisini so‘roq qilishganda, u "akasi aqlan beqaror, jazavaki odam ekanligini, prezident Jon Kennediga suiqasd qilinishi tarixiga mukkasidan berilganini" aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: