Obama mart oxirida Si Tszinpinni qabul qiladi

Jahon 20:36 / 24.03.2016 852

AQSh prezidenti Barak Obama 31 martda Xitoy raisi Si Tszinpinni xalqaro yadroviy xavfsizlik sammiti vaqtida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish uchun qabul qiladi, deb xabar bermoqda Oq uyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

AQSh prezidenti ma'muriyati bergan bayonotda aytilishicha, uchrashuv ikki millat uchun bir qator masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish hamda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ba'zi kelishmovchiliklarni muhokama qilish uchun imkoniyat bo‘ladi.

Xalqaro yadroviy xavfsizlik bo‘yicha 4-sammit 31 mart-1 aprel kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: