Rossiya prezidenti Vladimir Putin va rasmiy tashrif bilan Moskvada bo‘lib turgan AQSh davlat kotibi Jon Kerri o‘rtasida Kremlda uchrashuv boshlandi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.
Uchrashuvda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov hamda amerikaliklarning Moskvadagi elchisi Jon Tefft ham ishtirok etmoqda.
Uchrashuv chog‘ida Putin Rossiya va AQSh o‘zaro munosabatlarda hamda xalqaro miqyosdagi masalalarda qoidalar asosida til topisha olishiga ishonch bildirgan.
O‘z navbatida, Jon Kerri ikki davlatning hamkorlikda ish olib borishi yaxshi natijalarga, xususan suriyaliklar uchun yaxshi natijalarga olib kelishini ta'kidlagan.
Putinning matbuot kotibi prezidentning Kerri bilan uchrashuviga izoh berdi