Ispaniyadagi YTH vaqtida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talabaning shaxsi ma'lum bo‘ldi

Jamiyat 21:28 / 24.03.2016 2904

20 mart kuni Ispaniyaning Tarragona viloyati hududida, Barselona va Valensiya shaharlari oralig‘ida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talabaning shaxsi aniqlandi. Mohina Abdusaidova Samarqandda tug‘ilgan, Venadagi MODUL universiteti talabasi hisoblanar edi. Falokat vaqtida u o‘zining universitetdoshlari bilan Ispaniyada maxsus dastur doirasida bo‘lib turgandi. 23 mart kuni Samarqandda marhumning dafn marosimi o‘tkazilgan. Bu haqda samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev o‘zining feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan.

20 mart kuni Ispaniyaning Tarragona viloyatida talabalar avtobusi va avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonlik talabadan tashqari 2 nafar germaniyalik, 7 nafar italiyalik hamda bir nafardan fransiyalik, avstriyalik va ruminiyalik talabalar bor edi. Halok bo‘lganlarning barchasi 19 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan talabalar edi.

O‘zbekistonlik talaba Ispaniyadagi YTH natijasida halok bo‘ldi

Ko‘proq yangiliklar: