FQB terrorchi telefonini Apple yordamisiz Isroil kompaniyasi bilan tekshirishni rejalashtirmoqda

Jahon 15:41 / 24.03.2016 1424

FQB mutaxassislari San-Bernardinolik terrorchi telefonidagi ma'lumotlarni olish uchun Isroilning Cellebrite kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Bu haqida Ynet News portali xabar beradi.

Nashrning qayd etishicha, Cellebrite raqamli jinoyat ishlari doirasida dunyoning eng yetakchi kompaniyalaridan biri sanaladi va ko‘p yillar davomida turli mamlakatlarning mudofaa bo‘limlari va huquq-tartibot idoralarida tadqiqotlar bilan shug‘ullanib kelmoqda. 2013 yilda kompaniya FQB bilan shartnoma imzolagani ayni damda otishma ishlari bo‘yicha yana hamkorlik qilishlarini ta'minlaydi.

Avvalroq AQSh hukumati Apple yordamisiz smartfondan ma'lumotlarni olishga harakat qilayotgani xabar berilgan edi. Prokurorlar sudga murojaat etib, ishni keyinroqqa qoldirishni so‘rashgan. Apple esa, o‘z navbatida, hukumat smartfondagi ma'lumotlarni ochish uchun qanday usullardan foydalanishi haqida bexabar.

 

Ko‘proq yangiliklar: